Logo Lanfrica

Sement ishlab chiqarishda issiqlik yo'qotishlarini ma'lumotlarga asoslangan usullar yordamida kamaytirish

Domain:

environment and energy
Creator:
TurTo`
Publisher:
Zenodo
Host:avatar
Mazkur ishda sement klinkeri ishlab chiqarishda issiqlik yo'qotishlari va solishtirma issiqlik sarfini kamaytirish uchun ma'lumotlarga asoslangan yondashuv taklif etilgan. Qashqadaryo viloyatidagi yillik ishlab chiqarish quvvati 1,5 mln tonna bo'lgan sement zavodi tadqiqot obyekti sifatida qaralgan. Pech harorati, chiqindi gaz harorati, yoqilg'i va havo sarfi hamda klinker ishlab chiqarish hajmi kabi texnologik parametrlar asosida gibrid CNN–RNN modeli ishlab chiqilgan va cheklovli optimallashtirish bilan integratsiyalangan. Hisoblash natijalariga ko'ra, klinkerning solishtirma issiqlik sarfini 960–1000 kcal/kg dan 850–880 kcal/kg gacha, ya'ni taxminan 10–12% ga kamaytirish imkoniyati aniqlangan. Bunda CO₂ emissiyalarining 6–9% ga kamayishi baholangan. Taklif etilgan yondashuv mavjud texnologik jarayonni sezilarli o'zgartirmasdan energiya samarador ish rejimlarini aniqlash imkonini beradi.