Ushbu maqolada madaniy oʻsimliklarning fitosanitar holatini aniqlash masalasi qaralgan va boshlangʻich maʼlumotlar sifatida ularning barg tasvirlari olingan. Mazkur masalani hal qilish uchun ikki oʻlchamli boʻsagʻaviy funksiyalarga asoslangan tanib olish algoritmlari modeli taklif etilgan. Taklif etilayotgan algoritmlarning asosiy gʻoyasi afzal belgilar toʻplamini shakllantirish va ushbu belgilarni taqqoslash asosida qarorlar qabul qilish qoidasini qurishdan iborat. Fitosanitar holatini aniqlash algoritmlari modelini tasniflash bosqichlari keltirilgan. Taklif etilayotgan modelning ishga yaroqli ekanligini baholash barg tasvirlari yordamida gʻoʻzaning fitosanitar holatini aniqlash masalasini hal qilish orqali koʻrsatilgan.