Ushbu maqolada bugungi kunda qoraqalpoq san’atida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan doira cholg‘u asbobining kelib chiqish tarixi, uning ijrochilikda qo‘llaniladigan dastlabki mashqlari, shuningdek, nota tizimi haqida ma’lum darajada so‘z bo‘lib, asosan, cholg‘u asbobni qanday foydalanish haqida, ushlash texnikasi va doirani mashq boshlangunicha tayyorlash kerakligi hamda ushbu cholg‘u asbobining O‘zbekiston davlat konservatoriyasi Nukus filialidagi xalq cholg‘ulari orkestrida tutgan o‘rni va ahamiyati haqida so‘z bo‘ladi.